O‘zbekiston qishloq hududlarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun moliyaviy va ta’limiy qo‘llab-quvvatlash
✍️
Muallif(lar)
Nazarova Fotima Xakimovna
📅
Nashr sanasi
12 Fevral, 2026 yil
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonning qishloq hududlarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda moliyaviy va ta’limiy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif ayollarga kreditlar, grantlar va subsidiyalar orqali moliyaviy yordam ko‘rsatish, shuningdek, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlarining rolini yoritadi. Shuningdek, qishloq joylarda ayollar bandligini oshirish, ularning iqtisodiy faolligini kuchaytirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada ushbu qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.